«Samarqand avtomobil zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyat xodimlari tomonidan past sathli o‘rta sig‘imli avtobus modeli ixtiro qilindi, deya xabar bermoqdaO‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.

Yaratilgan foydali model yo‘lovchi tashuvchi transport sohasi uchun mo‘ljallangan. Uning vazifasi yo‘lovchilarni tashishda xavfsizlikni oshirish, o‘tirib ketadigan joylar sonini ko‘paytirish, shuningdek, bekatlarda yo‘lovchilar almashinish tezligini oshirishdan iborat.

Avtobus tarkibiga uning old va o‘rta qismida joylashgan ikkita xizmat eshigiga ega bo‘lgan yo‘lovchilar salonidan iborat kuzov karkasi, yo‘lovchilar salonidan to‘siq bilan ajratilgan haydovchi o‘rni, orqa eshik qarshisida joylashgan hamda nogironlar aravachasi uchun mo‘ljallangan joyga ega bo‘lgan maydoncha, ikki tavaqali orqa xizmat eshigi oralig‘ida joylashgan apparel, salonning orqa devori bo‘ylab va o‘ng va chap yonboshlarida qurilma-podiumda salonning old qismida va orqa qismida qator joylashgan o‘rindiqlar kiradi.

Bunda qurilma-podiumning o‘ng va chap tomonlari o‘rtasida ikkitadan zinapoya qilingan. Salonning old qismida chap va o‘ng yonboshlarda qurilma-podiumlar joylashgan bo‘lib, ularda uch qatordan juftlangan o‘rindiqlar joylashtirilgan, birinchi qatordagi juftlangan o‘rindiqlar g‘ildiraklar ustidagi arkada suyanchig‘i yo‘nalishga qarshi o‘rnatilgan, ikkinchi va uchinchi qatordagi o‘rindiqlar suyanchig‘i yo‘nalish bo‘ylab o‘rnatilgan. Bunda old qurilma-podiumlarning bo‘lmalarida orqa eshikning old tirgagida diagonal yo‘nalishda tirovchi poyalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular kuzov poli ramasining ko‘ndalang tirgakchalarini kuzov karkasi tirgaklari bilan biriktiradi.

Bundan tashqari, diagonal yo‘nalishdagi tirovchi poyalar kuzov poli ramasining ko‘ndalang tirgakchalariga nisbatan a=38° burchak ostida joylashtirilgan. Yonbosh tomondan haydovchining ish joyini yo‘lovchilar salonidan ajratib turadigan to‘siq haydovchi ish joyining eniga teng qilib bajarilgan. Orqa eshikning old tirgagi ortida joylashgan qurilma-podium bo‘lmasida ehtiyot g‘ildiragi uchun joy ajratilgan

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *