25-aprelga o‘tar kechasi Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Jo‘rabek” jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz”.Yong‘inga kuchli shamol tufayli sinib tushgan daraxt shoxlari tomonidan uzib yuborilgan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Masjidning ichki devorlari bo‘ylab joylashgan namoz xonalari va kutubxona yong‘indan zarar ko‘rdi. Olov ichki xonalargacha yetib bormagan.

Ayni paytda voqea joyida olovdan zarar ko‘rgan tom qoplamasini tartibga keltirish va xonalarni yong‘in oqibatlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *