Архив рубрики: Yangiliklar

25-aprelga o‘tar kechasi Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan «Jo‘rabek” jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz”.Yong‘inga kuchli shamol tufayli sinib tushgan daraxt shoxlari tomonidan uzib yuborilgan elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Masjidning ichki devorlari bo‘ylab joylashgan namoz xonalari va kutubxona yong‘indan zarar ko‘rdi. Olov ichki xonalargacha yetib bormagan.

Ayni paytda voqea joyida olovdan zarar ko‘rgan tom qoplamasini tartibga keltirish va xonalarni yong‘in oqibatlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.

Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигида “Мамлакатимизда аҳоли бандлигини ва ижтимоий муҳофазасини таъминлашда Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигининг устувор вазифалари” мавзусида Матбуот анжумани бўлиб ўтди.
Таъкидланганидек, Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигининг усувор вазифаларидан бири “Кексаларни эъзозлаш йили” Давлат дастурининг ижросига қаратилган. Хусусан, Давлат дастурида белгиланган вазифалардан келиб чиқиб, туман (шаҳар) Бандликка кўмаклашиш ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш марказлари томонидан 17,5 минг нафардан зиёд ёлғиз кекса, пенсионер ва ногиронлар рўйҳатга олинди.                  Скачат

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 2015 йил 8 май куни Москва шаҳрига жўнаб кетди.
    Президентимиз Ислом Каримов Иккинчи жаҳон урушида фашизм устидан қозонилган Ғалабанинг 70 йиллигига бағишланган тадбирлар доирасида Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги давлат раҳбарларининг учрашувида иштирок этади.

В Министерстве труда и социальной защиты населения состоялась встреча с представителями МОТ
5 мая 2015 года в Министерстве труда и социальной защиты населения состоялась встреча с представителями Международной организации труда.

Скачат

Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигида Европа Иттифоқининг Ўзбекистондаги делегацияси раҳбари билан учрашув бўлиб ўтди
2015 йилнинг 5 май куни Меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш вазирлигида Европа Иттифоқининг Ўзбекистондаги делегацияси раҳбари ва элчиси Ю.Штерк билан учрашув бўлиб ўтди.

        Скачат

O‘zbekistonda elektron tijorat ancha yuqori o‘sish sur’atlarini namoyish qilmoqda,deya xabar berdi «12news.uz” Allbiz internet-savdo xalqaro markazi tadqiqotlariga tayanib.

2015-yilning birinchi choragida O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan Allbiz tizimi orqali olingan so‘rovlar o‘tgan yilning 4-choragiga nisbatan 57 foizga o‘sdi. Savdo-sotiqning katta qismi — 42 foizi mamlakat ichkarisida amalga oshiriladi. Xorijiy sheriklar orasida talabning beshdan bir qismini ta’minlovchi Rossiya, Qozog‘iston (10%) va Ukraina (6%) bor.

2015-yil 1-choragida eng ommabop bo‘lgan mahsulot turlari:

  • Bolalar kiyimi (2014-yil 4-choragiga nisbatan o‘sish 250%)
  • Tola va iplar (+55%)
  • Shoyi (+34%)
  • Quritilgan mevalar (+12%)
  • Yong‘oqlar (-27%)
  • Quyosh energiyasini ishlatish uchun qurilmalar (-43%)
Toshkentning Shayxontohur tumanida boshlanib, Yunusobod tumanida tugaydigan yangi ko‘prik quruvchilari ishni rejalashtirilgan muddatdan uch oy oldin yakunlaydi,deya xabar bermoqda «12news.uz”.

Yangi ko‘prikning ochilishi 9-may kuni, O‘zbekistonda «Xotira va qadrlash kuni” nishonlanadigan sanaga mo‘ljallanadi.

Nashrning eslatishicha, obyekt qurilishi o‘tgan yil sentabrida boshlangan edi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov vafot etdi.
Bugun, 23-aprel kuni ertalab O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov vafot etgani ma’lum qilindi. Bu haqda «Uz24.uz” xabar bermoqda.Shahboz Nizomiddinov afsonaviy «Yalla” guruhining a’zosi bo‘lgan. U − aktrisa Zarina Nizomiddinovaning otasi.